Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mashhur hind modeleri O‘zbekistonning Hindistondagi turizm elchisi etib tayinlandi

Mashhur hind modeleri O‘zbekistonning Hindistondagi turizm elchisi etib tayinlandi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Taniqli hind modeleri va dizayneri, o‘zining shaxsiy brendiga ega Ritu Beri O‘zbekistonning Hindistondagi «Madaniyat bo‘yicha turizm elchisi» etib tayinlandi. Bu haqda Dehli shahrida o‘tgan o‘zbek musiqasi va modasi festivali chog‘ida e’lon qilindi, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ritu Berini hind «Modalar qirolichasi» va «Hind modasining birinchi xonimi» deb atashadi. U Parijda chiqish qilgan birinchi hind dizayneri hisoblanadi. Jahonga mashhur kinoyulduzlar Nikol Kidman, Letisiya Kasta, Madhuri Diksit va boshqalar Ritu Beri yaratgan liboslarni kiyishadi.

Shuningdek, u moda sanoatida kreativlik va innovatsiyani targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi «The Luxury League» notijorat tashkilotining asoschisi sanaladi.

Festivalda R.Beri O‘zbekistonning Hindistondagi «Madaniyat bo‘yicha turizm elchisi» etib rasman e’lon qilindi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi nomidan rasmiy sertifikat va esdalik sovg‘alar topshirildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring