Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kann kinofestivali sovrindorlari e’lon qilindi

Kann kinofestivali sovrindorlari e’lon qilindi

Shved rejissyori Ruben Estlund «Qayg‘u uchburchagi» filmi uchun «Oltin palma yaprog‘i» bilan mukofotlandi.

Foto: DW

Belgiyalik kinoustalar suratga olgan «Yaqin» (Close) hamda amerikaliklarning «Peshindagi yulduzlar» (The Stars at Noon) filmlari 75-Kann kinofestivali gran-prilarini bo‘lishib oldi. Mukofotlar kinorejissyorlar Lukas Dont hamda Kler Deniga topshirildi.

Belgiyalik aka-uka rejissyorlar — Dardennlarning «Tori va Lokita» (Tori et Lokita) filmi kinofestivalning faxriy mukofotiga sazovor bo‘ldi.

«Sakkiz tog‘» (Le otto montagne, Italiya) va «Eo» (EO, Polsha) filmlari Kann kinofestivalining maxsus mukofotiga loyiq topildi va rejisyorlar — Sharlotta Vandermersh va Yeji Skolimovskiyga topshirildi.

75-Kann kinofestivali bosh mukofoti — «Oltin palma yaprog‘i»ga shved rejissyori Ruben Estlundning «Qayg‘u uchburchagi» filmi sazovor bo‘ldi.

Eng yaxshi rejissyor

Pak Chxan Uk («Ketish qarori» filmi, Janubiy Koreya).

Eng yaxshi ssenariy

Tariq Solih (Shvetsiya) — o‘zi suratga olgan «Osmondan tushgan yigit» (Boy from Heaven) filmiga yozgan ssenariysi uchun.

Eng yaxshi aktyor

Son Kan Xo «Parazitlar»dagi roli bilan muxlislarga tanish. 

Son Kan Xo (Janubiy Koreya) — rejissyor Xirokadzu Koreeda suratga olgan koreys filmi — «Vositachi» (Broker)dagi bosh roli uchun. 

Eng yaxshi aktrisa

Zahro Amir Ibrohimiy («Muqaddas o‘rgimchak» filmi, Eron).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring