Kameron Diaz 47 yoshida birinchi farzandli bo‘ldi
Gollivud aktrisasi Kameron Diaz 47 yoshida ilk marotaba ona bo‘ldi. Bu haqda u instagramda ma’lum qildi.
Kameron Diaz 2015-yili bastakor Benji Medden bilan turmush qurgandi.
«Meddenlar nomidan Yangi yil bilan tabriklayman! Yangi o‘n yillikni qizimiz Reddiks Medden tug‘ilganini ma’lum qilish bilan boshlashdan biz baxtli va minnatdormiz. U qalbimizni va oilamizni to‘ldirdi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter