Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilk bor o‘zbek tilida! «Cho‘qintirgan ota 2. Sitsiliyalik»

Ilk bor o‘zbek tilida! «Cho‘qintirgan ota 2. Sitsiliyalik»

Amerikalik taniqli yozuvchi Mario Pyuzoning kitoblari dunyo miqyosida mashhur. O‘tkir syujeti, kutilmagan voqealari, qahramonlar hayotidagi chigalliklar tufayli adib asarlari tezda o‘z o‘quvchisini topadi. Ayniqsa «Cho‘qintirgan ota yoki mafiya sardori» xaridorgir bo‘lib ketgan. Mazkur kitob o‘zbek tiliga ham o‘girilgan (tarjimonlar: Tursunboy Adashboyev va Muhammadjon O‘rinboyev).

Yaqinda «Yangi kitob» nashriyoti «Cho‘qintirgan ota 2. Sitsiliyalik» kitobini chop etdi. Kitob Fathulla Namozov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Bu asarda birinchi kitobdagi qahramon don Korleonening kichik o‘g‘li Maykl taqdiri to‘g‘risida hikoya qilinadi. Shuningdek, jasur qahramon, mard o‘g‘lon Salvatore Gilyanoning hayoti, metin irodasi, ko‘plab sarguzashtlari va fojiaviy qismati bayon etiladi.

Kitobda do‘stlik va adovat, muhabbat va nafrat, o‘lim va intiqomning sitsiliyacha qonunlari xususida bahs ketadi. Ular inson ruhiyati, ayniqsa, qonunni chetlab o‘tuvchi kishilarning ichki dunyosini chuqur biluvchi Mario Pyuzoning diqqatini hamisha jalb qilib kelgan.

Kitobxonlarni kutilmagan voqealarga oshno etadigan keng ko‘lamli «Cho‘qintirgan ota 2. Sitsiliyalik» o‘z muxlislarini topadi deb umid qilamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring