Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda hujjatli film olinmoqda (foto)

Buxoroda hujjatli film olinmoqda (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Boshqirdiston teleradiokompaniyasi ijodkorlari tomonidan Buxoro haqida hujjatli film suratga olinmoqda. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat hokimi axborot  xizmati rahbari Olim Jo‘rayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Boshqirdiston teleradiokompaniyasi bosh muharriri Gauxar Battalova boshchiligidagi ijodiy guruh mutasavvif va shayx Sayfiddin Boxarziy, Ismoil Somoniy maqbaralari, shuningdek, Buxoro shahrining boshqa bir qator tarixiy ob’yektlarida suratga olish ishlarini olib bormoqda. Ijodiy guruhni sharif kentning diqqatga sazovor joylari, o‘zbek xalqining boy tarixi, madaniyati, betakror tabiati va mehmondo‘stligi qiziqtirgan.

— Buxoroyi sharifni Boshqirdistonda ham juda yaxshi bilishadi. Bizda tarixiy qadamjolarning noyob arxitekturasiga qiziqish katta. Hujjatli filmda biz ana shu jihatga ko‘proq e’tibor qaratyapmiz. 4 ta telekompaniya va 4 ta radiostansiyadan iborat Boshqirdiston teleradiokompaniyasida 700 dan ortiq ijodiy va texnik xodimlar faoliyat yuritadi. Buxoro tarixiga oid hujjatli film barcha teleradiodasturlar orqali rus va boshqird tillarida efirga uzatiladi, — dedi Gauxar Battalova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring