Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2019-yilning eng yaxshi bolalar yozuvchisi aniqlandi

2019-yilning eng yaxshi bolalar yozuvchisi aniqlandi

Foto: «International News»

2019-yilning eng yaxshi bolalar yozuvchisi Astrid Lindgren mukofotini qo‘lga kiritdi. Belgiyalik yozuvchi Bart Muyart ana shunday e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bu haqda «MDR» portali xabar berdi.

Muyartning birinchi asari 1983-yili, u 19 yoshda payti chop etilgan. Bu bolalar uchun yozilgan she’rlar edi. Mukofotga loyiq topilganini bilgach, yozuvchi «yettinchi osmonda» ekanini aytdi, chunki u Astrid Lindgrenning ashaddiy muxlisi ekan.

Bart Muyartga beriladigan mukofot puli 5 million shved kronasi (490 ming yevro)ga teng.

Ma’lumot uchun: Bart Muyart (Bart Boudewijn Peter (Bart) Moeyaert) 1964-yili Bryugge (Belgiya)da tavallud topgan. Flamand (niderland) tilida ijod qiladi. «Duet met valse noten» («Soxta ijro etilgan duet») avtobiografik kitobi 1984-yili Belgiyada eng yaxshi kitob deb topilgan.

Muyart 1990-yillardan beri bolalar uchun mo‘ljallangan davriy nashrlarda faoliyat yuritishni boshladi. 1995-yildan esa to‘liq adabiyotga ixtisoslashdi: nafaqat bolalar va o‘smirlar, kattalar uchun ham yozishga kirishdi. She’rlar, romanlar, televideniye uchun ssenariylar, teatrlar uchun pesalar yozgan. Asarlari 20 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring