Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana 46 kishida kasallik aniqlandi. SSV ular haqida ma’lumot berdi

Yana 46 kishida kasallik aniqlandi. SSV ular haqida ma’lumot berdi

2020-yil 3-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3815 (+46) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari esa Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3014 (+106) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 786 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring