Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boliviyaning muvaqqat prezidenti koronavirusga chalindi

Boliviyaning muvaqqat prezidenti koronavirusga chalindi

Foto: «AP Photo/Natacha Pisarenko»

Boliviyaning muvaqqat prezidenti Janin Anes koronavirusni yuqtirib oldi. Bu haqda siyosatchining o‘zi «Twitter»da ma’lum qilgan.

«COVID-19 ga test natijalari musbat chiqdi. Ahvolim yaxshi. Izolyasiyada turib ishimni davom ettiraman», — deb yozgan u.

Avvalroq mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri, Markaziy bank rahbari va prezident ma’muriyati boshlig‘i kasalligi haqida ma’lum qilgandi.

«Worldometers» xabariga ko‘ra (2020-yil 10-iyul, soat 8:00), Boliviyada 44113 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, 1638 nafari vafot etgan. 13354 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring