Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

COVID-19: Qirg‘izistonda vaziyat jiddiylashmoqda

COVID-19: Qirg‘izistonda vaziyat jiddiylashmoqda

Foto: «Elgezit.kg»

Qirg‘izistonda bir kecha-kunduzda COVID-19 ga chalinganlar soni 511 kishiga ko‘paydi, olti nafar bemor vafot etdi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash respublika shtabi ma’lum qilgan.

«2020-yil 10-iyul holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha 511 ta yangi SOVID-19 holati qayd etildi, ulardan 260 nafari Bishkekda aniqlangan», — dedi shtab vakili.

«RIA Novosti»ning xabariga ko‘ra, o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirus tufayli 6 kishi: 3 ta erkak va 3 ta ayol hayotdan ko‘z yumgan. Kuni kecha respublika bo‘yicha 80 nafar bemor shifoxonalardan tuzalib chiqqan.

Shtabning ma’lum qilishicha, yangi kasallanganlar orasida 80 nafar tibbiyot xodimi, jumladan, mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Nurbolot Usenbayev ham bor. Butun koronavirus pandemiyasi davrida jami 1450 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan.

Shu tariqa, bugungi kunda Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni jami 9358 kishiga yetgan. 122 nafari vafot etgan. 3134 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Shtabning xabariga ko‘ra, o‘tgan bir kecha-kunduzda 40 kishi pnevmoniyadan vafot etgan. Pandemiya boshlangandan buyon ushbu kasallik tufayli vafot etganlar soni 350 kishiga yetdi. Juma kuni respublika sog‘liqni saqlash vaziri Sobirjon Abdikarimovga ham pnevmoniya tashxisi qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring