Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentlik 10 yoshli qizda «britancha shtamm» aniqlandi. Bu mutatsiya nimasi bilan xavfli?

Toshkentlik 10 yoshli qizda «britancha shtamm» aniqlandi. Bu mutatsiya nimasi bilan xavfli?

«COVID-19»ning «britancha shtamm»i O‘zbekistonda ham ilk bor qayd etildi. Oila a’zolari bilan birgalikda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga safar qilib, 2021-yilning 23-yanvar kuni Toshkentga qaytgan 10 yoshli qizda ushbu kasallik aniqlangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, koronavirusning «britan shtammi» 70 mamlakatga tarqalib ulgurgan.

Bu shtamm yuquvchanlik darajasi va o‘limga sabab bo‘lishi yuqoriligi bilan koronavirusning boshlang‘ich shaklidan farqlanishi turli manbalarda keltirilgan. Uning ayniqsa bolalarga tez yuqishi ko‘plab tadqiqotlarga tayanib ma’lum qilingan.

«Britancha shtamm» haqida

«V.1.1.7» deb nomlangan SARS-CoV-2 koronavirus shtammi ilk bor 2020 yil dekabr oyida olimlar e’tiborini jalb qilgan. U Angliyaning janubi-sharqida paydo bo‘lib, tezda butun Britaniyaga tarqaldi. O‘sha paytdan boshlab odamlar virusning yangi shtammini boshqa mamlakatlarga tarqatishmoqda.

Shu tariqa mutaxassislar yangi shtammning reproduktiv soni, ya’ni har bir yangi kasallangan odamlarning o‘rtacha sonini hisoblab chiqishdi.

U SARS-CoVning boshqa variantlariga qaraganda 50-70% ko‘proq bo‘lib chiqdi.

Olimlarning izohlashicha, yangi shtamm o‘zining «super qobiliyati»ga ko‘p sonli mutatsiyalar tufayli erishdi. Ularning sakkiztasi inson hujayrasiga kirib borishda hal qiluvchi hisoblangan virus oqsilini kodlovchi genda yuz bergan.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson yangi shtamm ko‘proq o‘limga sababchi bo‘layotganini ma’lum qilgandi.

Qo‘shma Qirollik hukumati maslahatchisi Patrik Vallansga ko‘ra, «britan shtammi»dan o‘lim holatlari COVID-19ning oldingisidan 30 foiz yuqori bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring