Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda aholi orasida koronavirus yuqtirish holatlari o‘sdi

Toshkentda aholi orasida koronavirus yuqtirish holatlari o‘sdi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 30-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3523 (+10) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan, yana 1 nafari esa Karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2783 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 726 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring