Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida kasallanish holati ko‘paydi

Toshkent viloyatida kasallanish holati ko‘paydi

2020-yil 1-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42236 (+109) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 75 nafari Toshkent viloyatida, 21 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Samarqand viloyatida hamda 1 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli G‘.T. (erkak) vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 234 nafar, Toshkent viloyatida 97 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, Xorazm viloyatida 6 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 39664 (+389) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2248 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring