Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokioda yangi koronaviruslar rekordi qayd etildi

Tokioda yangi koronaviruslar rekordi qayd etildi

Foto: «Reuters»

Yaponiya poytaxti Tokioda juma kuni 243 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda poytaxt ma’muriyatiga asoslanib «Asahi» telekanali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, apreldagi 206 ta holat bo‘yicha rekord yangilanishni boshlagan. Bir kun avval, payshanba kuni 224 kishining koronavirus bo‘yicha testi musbat chiqqandi.

Hukumat yangi kasalliklar ko‘payishi sababini prefekturalar o‘rtasida qatnovga qo‘yilgan cheklovning olib tashlanishi natijasida poytaxtga boshqa hududlardan mehmonlar ko‘p kelishida ko‘ryapti. Qolaversa, qayta ochilgan tungi klublar ham virusning tarqashiga yo‘l ochgan.

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, Yaponiyada koronavirus yuqtirish holatlari jami 20 371 taga yetdi, qurbonlar soni — 981 nafar, tuzalganlar — 17 466 nafar (86 foiz).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring