Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sanitariya qoidalari buzilmoqda, karantin kuchaytirilishi mumkin — Qirg‘iziston

Sanitariya qoidalari buzilmoqda, karantin kuchaytirilishi mumkin — Qirg‘iziston

Kubatbek Boronov.

Foto: «Vesti.kg»

Qirg‘iziston hukumati xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha choralarni qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapti, deyiladi «Regnum» xabarida. Respublika tezkor shtabi yig‘ilishida mamlakat hukumati rahbarining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov shuni ma’lum qildi.

«Bishkekdagi epidemiologik vaziyat xavotirli, statistika pasaymayapti», — ta’kidladi Boronov.

Boronovning aytishicha, poytaxt aholisi sanitariya qoidalariga uncha rioya qilmayapti. Kasal bo‘lgan fuqarolarning o‘zlari murojaat etishayotgani joylardagi epidemiologik guruhlar ishi qoniqarli emasligidan dalolat beradi, dedi bosh vazir birinchi o‘rinbosari.

7-iyun holatiga, Qirg‘izistonda koronavirusni yuqtirish holatlari 2007 taga yetdi, 395 nafar bemor — tibbiyot xodimlarining o‘zlari. Jami 1425 nafar bemor sog‘ayib ketgan, vafot etganlar — 22 nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring