Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Omikron-shtamm anatomiyasi: 50 dan ortiq mutatsiyaning xavfi nimada?

Omikron-shtamm anatomiyasi: 50 dan ortiq mutatsiyaning xavfi nimada?

Foto: RT

Strategik ishlanmalar markazi prezidenti maslahatchisi, biologiya fanlari nomzodi Yevgeniy Tonevitskiy «omikron» haqida «RIA Novosti»ga ancha qiziq ma’lumotlarni berdi.

«Birinchi» koronavirusga solishtirilganda — mutatsiyalari soni 50 tadan ko‘p.

Mutatsiyalari ko‘pligi uchun ham virus organizm hujayralariga oson kirib olyapti, yetilish (inkubatsion) davri qisqardi, ko‘payish uchun oldingidek o‘pkalarni emas, yuqori nafas yo‘llarini tanlayapti.

«Hujayralarga kirganidan so‘ng, koronavirus behisob nusxalarini yaratish uchun o‘zining «yig‘ish bo‘yicha qo‘llanmasi»ni «yuklab», bizning hujayralarimiz «infratuzilmasi»dan foydalanadi. Adenovirus hamda RNK (ribonuklein kislota) asosida yaratilgan hozirgi vaksinalar S-oqsilga qarshi antitanalar hosil qiladi. Aynan antitana bu oqsilni to‘xtatadi va virus hujayraga kir olmaydi», — tushuntirdi Tonevitskiy.

«Dominant «omikron» «birinchi» koronavirusga qaraganda 50 tadan ko‘proq mutatsiyalarga ega, bularning 30 dan ortig‘i koronavirusning S-oqsillari, shulardan 10 dan ziyodi bevosita «qurbon-hujayra»ga hujum qiluvchi «yirtqich-fragment»lar.

Mutatsiyalarning ayrimlari virusning hujayraga kirish tezligi va samaradorligini oshirsa, boshqa birlari kasallikdan keyin yoki vaksina ta’sirida hosil bo‘lgan antitanalardan «omikron»ning  S-oqsilini yashirishga urinadi. Aftidan, yana bir talay mutatsiyalar hujayraga suqilib kirgan virusning nusxalarini ishlab chiqarish va yig‘ish jarayonlari unumdorligini oshirish bilan band», — dedi olim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring