Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Myanma koronavirus supertarqatuvchisiga aylanishi mumkin

Myanma koronavirus supertarqatuvchisiga aylanishi mumkin

Foto: «Global Look Press»

Myanma koronavirus butun mintaqaga nazoratsiz tarqab, ko‘p sonli virus o‘choqlarini hosil qiladigan mamlakatga aylanishi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Myanma yuquvchanligi va o‘lim xavfi yuqori «delta» va boshqa shakldagi COVID-19 supertarqatuvchisiga aylanmoqda. Bunday deyish uchun asoslar yetarli va bu juda xavfli», — ta’kidladi BMTning Myanmada inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Tom Endryus.

Uning aytishicha, bu mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar va o‘lim holatlari soni bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Mamlakat dunyo aholisining uchdan bir qismi yashovchi mamlakatlar bilan bevosita chegaradosh.

«COVID-19 ga farqi yo‘q: millat, chegara, g‘oya, siyosiy partiya tanlab o‘tirmaydi. U shunchaki qotil», — qo‘shimcha qildi Endryus.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring