Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Merkel karantinda. Koronavirusni yuqtirgan shifokor uni emlagan

Merkel karantinda. Koronavirusni yuqtirgan shifokor uni emlagan

Foto: «Belsat.eu»

Koronavirusni yuqtirgan shifokor kansler Angela Merkelni pnevmakokka qarshi emlagan.

Merkel juma kuni uni emlagan shifokor koronavirusni yuqtirganidan xabar topgach uyda karantinni o‘tkazishga qaror qilgan.

Ta’kidlanishicha, Germaniya kansleri karantinda bo‘lishiga qaramay, o‘zining xizmat vazifalarini bajarishni davom ettiradi.

Merkel shuningdek, koronavirus uning hayotiga qanday ta’sir o‘tkazganini so‘zlab berdi. Kanslerning aytishicha, endi uning hayoti asosan tele- va videokonferensiyalardan iborat bo‘ladi, deya Merkelning so‘zlarini keltirgan «Welt» nashri.

Germaniyada O‘RVI kasalliklari va ularning og‘ir asoratlari xavfini kamaytirish maqsadida 60 yoshdan oshganlarga pnevmakokka qarshi emlanish va har olti yilda buni takrorlash tavsiya etiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kattalarda pnevmoniya bilan bog‘liq 20% dan 50% gacha holatlarga pnevmakokk sababchi. Og‘ir asoratlar tufayli har o‘ninchi bemor hayotdan ko‘z yumadi. Immuniteti zaif kishilar xavf guruhiga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring