Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni oldini olish uchun dorilar O‘zbekistonda bormi?

Koronavirusni oldini olish uchun dorilar O‘zbekistonda bormi?

Sardor Kariyev

Vidolavhadan skrinshot

AOKA huzuridagi shtabda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Mutaxassis koronavirusni oldini olish uchun dorilar O‘zbekistonda bormi, degan savolga quyidagicha javob qaytardi:

– Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi viruslarga qarshi qo‘llaniladigan dori vositalarining ro‘yxatini shakllantirdi.

Ro‘yxat asosida koronavirus va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi samarali virusga qarshi preparatlar hamda shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy 52 ta korxonalar aniqlandi.

Ushbu dori vositalari virusli yuqumli kasalliklarni (jumladan koronavirus 2019-nCoV) keltirib chiqaruvchi viruslarga qarshi ta’sirga ega bo‘lishi mumkinligi keltirilgan, dedi Sardor Kariyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring