Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jurabek Laboratories» katta miqdorda vaksina ishlab chiqardi

«Jurabek Laboratories» katta miqdorda vaksina ishlab chiqardi

Foto: SSV matbuot xizmati

«Jurabek Laboratories» MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 458 820 dozasi O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hozirgi kunda qo‘shma korxona tomonidan jami 7 million doza vaksina ishlab chiqarilgan bo‘lib, keyingi dozalari bosqichma-bosqich emlash punktlariga yetkazib beriladi.

Ma’lumot uchun, «Jurabek Laboratories» MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan mazkur vaksinani ishlab chiqarilishi Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd. Kompaniyasi bilan  imzolangan  hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring