Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahonda birinchi: Isroil aholisining asosiy qismi COVID-19 ga qarshi emlandi

Jahonda birinchi: Isroil aholisining asosiy qismi COVID-19 ga qarshi emlandi

Foto: «The Times of Israel»

Isroil aholisining yarmidan ko‘pini koronavirusga qarshi vaksina bilan emlashga ulgurgan jahondagi ilk mamlakatga aylandi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning 8,9 mln. nafar fuqarosidan 5,54 million nafari (62,42 foiz) emlangan.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda — Birlashgan Arab Amirliklari (aholisining 44,79 foizi), uchinchi — Seyshel orollari (40,49 foiz).

Dengiz orti hududlarini ham qo‘shganda, Buyuk Britaniya vaksinatsiyani 10 foizga uddalagan, Qo‘shma Qirollikning o‘zida vaksinatsiyalash darajasi 18,95 foizga teng. Keyingi o‘rinlarda AQSh (12,84 foiz) va Bahrayn (11,63 foiz).

Vaksinatsiya qilinganlar umumiy soni bo‘yicha AQSh jahonda yetakchi — 42 mln. kishi. Ikkinchi — Xitoy (31,2 mln.), uchinchi — Buyuk Britaniya (12,6 mln.).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring