Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada go‘sht kombinatining 400 nafar xodimi koronavirusga chalindi

Germaniyada go‘sht kombinatining 400 nafar xodimi koronavirusga chalindi

Foto: «Beefmagazine.com»

Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeridagi go‘sht kombinatning kamida 400 nafar xodimi koronavirusni yuqtirib olgan, deya xabar berdi mahalliy «Radio Gütersloh» radiostansiyasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Reda-Videnbryukda go‘shtni qayta ishlovchi «Tönnies» kompaniyasining test o‘tkazilgan 500 ta xodimidan 400 nafarida tahlil natijalari musbat chiqqan. Yana 500 ta test natijalari kutilmoqda.

So‘nggi haftalarda COVID-19 holatlarining o‘sish tezligi pasayishi hamda cheklov choralari yumshatilishi sababli Germaniyaning bir qator go‘sht fabrikalarida koronavirus tarqalishi qayd etilgandi. Shu munosabat bilan o‘tgan hafta Germaniya hukumati go‘shtni qayta ishlash korxonalarida nazorat choralarini kuchaytirish konsepsiyasini ma’qulladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring