Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gavayida sayyohlar mahalliy aholi va amaldorlarning jig‘iga tegyapti

Gavayida sayyohlar mahalliy aholi va amaldorlarning jig‘iga tegyapti

Foto: «Tourprom.ru»

Gavayida karantin qoidalarini buzgan sayyohlar yurtiga qaytarilyapti, deya xabar berdi «Business Insider».

Aprelda pandemiya avjiga chiqqan bo‘lishiga qaramay, Gavayida dam olishga katta chegirmalar tufayli uch mingta sayyoh tashrif buyurdi. Qonunga binoan ularning hammasi ikki haftalik karantinni o‘tashi kerak.

Ma’muriyat bu qoidalarni buzganlarni yurtiga qaytarib yuborishga qaror qildi. Karantinga amal qilishni xohlamagan yoki imkoni bo‘lmagan 20 nafar sayyoh allaqachon uyiga jo‘natib yuborildi. Sayyohlik boshqarmasi bir tomonlama chiptaga 25 ming dollar ajratdi.

17-martdayoq gubernator Devid Ayj tashrif buyuruvchilarni Gavayi kurortlariga kelmaslikka «chaqirgandi». Biroq sayyohlar kelaverib, mahalliy aholi va amaldorlarning jig‘iga tega boshladi. Yerlik odamlarning fikricha, sayyohlar pandemiyani sohillarda o‘tkazishga urinmasligi kerak. Ustiga-ustak, plyajlarning hammasi berk bo‘lsa.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring