Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Farhod» bozorida koronavirusga gumon qilingan shaxsning tahlil natijasi ma’lum bo‘ldi

«Farhod» bozorida koronavirusga gumon qilingan shaxsning tahlil natijasi ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda «Farhod» bozoridagi ehtiyot qismlar rastalari tadbirkorlaridan birida yuqori harorat kuzatilganligi tufayli bozor yopib qo‘yilganligi haqidagi xabarlar e’lon qilingan edi.

Aslida esa shu kuni bozor xududiga kiraverishda o‘rnatilgan tibbiy tekshiruvlar davomida bir nafar fuqaroda yuqori harorat aniqlangan va u darhol izolyasiyaga olingan edi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Koronavirusga gumon qilingan fuqaro bozor hududiga kirishga ulgurmagan. Kechaning o‘zida 1989 yilda tug‘ilgan (erkak) ushbu fuqarodan koronavirusga o‘tkazilgan diagnostik tahlil unda «Covid-19» infeksiyasi aniqlanmaganligini ko‘rsatgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, shu kunlarda mazkur bozorda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga ko‘ra bozor ishga tushishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring