Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronning 132 shahrida masjidlar ochiladi

Eronning 132 shahrida masjidlar ochiladi

Isfahondagi Shayx Lutfullo masjidi.

Foto: «Saletur.ru»

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 132 ta shaharda masjidlar ochilishini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 4-may kuni «Tasnim» agentligi xabar berdi.

Masjidlarga, koronavirus epidemiyasi davom etayotgani uchun, keluvchilar soni cheklanadi va barcha ehtiyot choralar ko‘riladi.

Mamlakatda bungacha shaharlararo qatnovlar ochilib, savdo markazlari ishlashiga ruxsat berilgandi. Eron — koronavirus eng ko‘p qayd etilgan 10 mamlakatning biri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring