Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ehtiyotkor optimizm: Germaniyada koronavirus tarqalishi susaymoqda

Ehtiyotkor optimizm: Germaniyada koronavirus tarqalishi susaymoqda

Foto: «Bild.de»

«Germaniyada koronavirus tarqalishi susaymoqda, ammo karantin choralarini yumshatish haqida gap bo‘lishi ham mumkinmas. Infeksiya yuqtirganlar soni tinmay kamayib-ko‘payib turishiga hali bir necha hafta guvoh bo‘lamiz»,dedi Robert Kox instituti rahbari Lotar Viler.

Uning aytishicha, endi o‘lim holatlari soni oshishi kutilyapti.

Infografika: «Bild.de»

Germaniya kasalxonalar jamiyati (DKG) bergan ma’lumotga ko‘ra, intensiv terapiya bo‘limlarida joylar va o‘pkaga sun’iy shamol jo‘natish qurilmalari yetarli. Kasallik aniqlangan 100 mingdan kishining 10-15 foizigina kasalxona yordamiga muhtoj. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, bu yaxshi ko‘rsatkich.

Ma’lumot uchun: Germaniya — koronavirus eng ko‘p aniqlangan 5 mamlakatning biri: 8-aprel soat 15:30 holatiga, koronavirusni yuqtirganlar soni 107,6 mingdan oshdi, sog‘ayib ketganlar — 36 ming nafar. E’tiborli jihatlardan biri Germaniyada koronavirus oqibatida o‘lim holatlari nisbatan kamligidir — hozirga kelib 2 mingdan oshdi. Solishtirish uchun: koronavirus oqibatida o‘lim holatlari Italiyada — 17,1 ming, Ispaniyada — 14,5 ming, AQShda — 12,8 ming, Fransiyada — 10,3 ming, Buyuk Britaniyada — 6,1 ming.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring