Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Paulo Dibala yana noxush xabar eshitdi

Paulo Dibala yana noxush xabar eshitdi

Foto: «Eurosport»

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibalada yana koronavirus borligi aniqlandi. Argentinalik futbolchi hali koronavirusdan to‘liq tuzalmagani ma’lum bo‘ldi va u uyida karantinni davom ettiradi.

Bir necha kun oldin 26 yoshli hujumchi kornavirusni yengganini e’lon qilgandi, ammo uchinchi bor o‘tkazilgan test buning aksini ko‘rsatdi.

«21-mart kuni biz Paulo bilan test topshirdik va u musbat chiqdi. Uch kun oldin biz qayta tekshiruvdan o‘tdik, bu safar natija manfiy edi, ammo uchinchi bor test topshirilganda natija yana musbat chiqdi. Bizda hali ham koronavirus bor. Bilmayman nima uchun test avval boshqa, keyin boshqa natijani ko‘rsatdi», — dedi futbolchining qallig‘i Oriana Sabatini.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring