Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19ga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi

COVID-19ga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi

Illyustrativ foto

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qarori bilan 2020-yilning 1-oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar hamda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxati tasdiqlangan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, hukumatning tegishli qarori bilan bu ro‘yxatga Ekspress test SARS-CoV-2 Antibody Test (Express-test) tibbiyot buyumi hamda boshqa dori vositalari kiritilib, begilangan tartib 2021 yilning 1 martiga qadar uzaytirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring