Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu safar barcha bemorlar Toshkentda qayd etildi

Bu safar barcha bemorlar Toshkentda qayd etildi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 15-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34528 (+277) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 277 nafari ham Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Navoiy shahrida yashagan 53 yoshli U.X. (erkak) hamda Nurafshon shahrida yashagan 79 yoshli B.J. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar yurtimizda 667 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar 29328 nafarga (85 foiz) yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 4975 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring