Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bilayn» 91 nafar xodimning karantinga olinishi sababini izohladi

«Bilayn» 91 nafar xodimning karantinga olinishi sababini izohladi

Kuni kecha «Beeline Uzbekistan»ning 91 nafar xodimi karantinga joylashtirilgani haqida xabar berildi.

Kompaniya ushbu vaziyatga aniqlik kiritdi va qo‘shimcha ma’lumot berdi.

«Mamlakatda karantin choralari joriy etilishi bilan «Beeline» xodimlarining maksimal qismini masofaviy ishlashga o‘tkazishni tashkil qildi.

Ammo, ayrim operatsion vazifalar mavjudligi bois, biz va jamoamizning bir qismi abonentlarimiz «Beeline» xizmatidan foydalanishda davom eta olishlari va kompaniya mutaxassislari bilan doimo bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun shunday mushkul paytda ofisda bo‘lishimiz shart.

Afsuski, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, COVID-19 bilan kasallanish xavfi hammada mavjud. Xodimlarimiz COVID-19ga duch kelishi mumkinligi xatari paydo bo‘lishi bilan, kompaniya tegishli sanitariya va epidemiologiya xizmatlari bilan birgalikda ishchilarni ommaviy tarzda COVID-19dan test sinovi o‘tkazdi.

Xodimlar va ularning qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, kompaniya Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatmalariga rioya qilgan holda, o‘z xodimlarini 14 kunlik karantinga joylashtirdi.

Vaziyat nazorat ostida, jamoamiz va ularning yaqinlari uchun qilinayotgan barcha ishlar ularning foydasi uchun qilinmoqda.

Xodimlarimizning hissasini qadrlaymiz va ularning sadoqatli va mas’uliyatli faoliyati uchun minnatdormiz! Biz ular bilan doimo aloqadamiz va ularga zarur yordamni taqdim etamiz. Odamlar kompaniyaning eng qimmatli resursi. Biz uchun xodimlarning salomatligi va xavfsizligi doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelgan va bo‘lib qoladi», – vaziyatni izohladi «Beeline Uzbekistan» bosh direktori Sergey Afonin.

Qayd etilishicha, kompaniya ofislarida barcha zarur va tavsiya etilgan ehtiyot choralari ko‘rilgan, mamlakatda karantin joriy etilgan birinchi kundan boshlab sanitariya-profilaktika choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring