Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda koronavirusga qarshi to‘rt xil vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat berildi

AQShda koronavirusga qarshi to‘rt xil vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat berildi

Foto: «Inform»

AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dorilar sifati nazorati boshqarmasi (FDA) koronavirusga qarshi to‘rt xil vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Yana olti xil vaksina sinovlarni boshlash uchun o‘z tasdig‘ini kutmoqda, deyiladi xabarda.

Qo‘shma Shtatlarda may oyida sog‘liqni saqlash vazirligi va Pentagon hamkorligida «Warp Speed» loyihasi ishga tushgan bo‘lib, 2021-yilning yanvariga qadar COVID-19ga qarshi 300 mln. doza vaksina ishlab chiqarishmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, AQShda iyun oyida ommaviy namoyishlar hamda pandemiya bo‘yicha cheklovlar yumshatilishi ortidan virusni yuqtirish holatlari keskin oshib ketgan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 2,6 millionga yetgan, qurbonlar soni 126 ming nafardan oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring