Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zulfiya mukofoti sovrindorlari ro‘yxati e’lon qilindi

Zulfiya mukofoti sovrindorlari ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

Maqsadova Zuxraxon Qaxramon qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi

Orinbayeva Yerkinay Quanishbay kizi - Nukus davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi

Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi - Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi

Mashrabova Muxlisa Alijon qizi - Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi

Davlatova Nafosat Furqat qizi - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)

Shonazarova Mushtariy Begim Shavkatovna - Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Abduvaliyeva Aziza Farhod qizi - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi (Jizzax viloyati)

Bahodirova Sevara Bahodir qizi - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

G‘o‘chchiyeva Rohilabonu Abdurahmon qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Qurbonova Oftoboyim Husniddinovna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining kafedra assistenti

Murodullayeva Yulduz Bexzod qizi - Navoiy viloyati Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi - Navoiy davlat pedagogika institutining kafedra katta o‘qituvchisi

Axmadaliyeva Nilufar Qobuljon qizi - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Jurayeva Gulchexraxon Zokirjon qizi - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Orziqulova Xilola Fazliddin qizi - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)

Xalilova Mahbuba Asqarali qizi - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning 12-sinf o‘quvchisi

Abdunabiyeva Farangiz Odiljon qizi - Sirdaryo viloyati Guliston olimpiya zaxiralari kollejining 11-sinf o‘quvchisi

Alimova E’zoza Zafar qizi - Toshkent davlat pedagogika universitetining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Qushoqova Gulhayo Bahodir qizi - Surxondaryo viloyati Termiz jamoat salomatligi texnikumining 2-bosqich o‘quvchisi

Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna - Termiz davlat universitetining tayanch doktoranti

Abdusalamova Kumushxon Shakir qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich magistranti (Toshkent viloyati)

Seit-Asan Feride Ernestovna - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich magistranti (Toshkent viloyati)

Naypak Vasilisa Romanovna - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 3-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati)

Oripova Zarnigorxon Matqulbek qizi - Farg‘ona politexnika institutining 1-bosqich magistranti

Davletova Ullijon Sapavoy qizi - Urganch davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Sa’dullayeva Madina Odamboy qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Jamilova Sabina Ulug‘bek qizi - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri)

Rixsiboyeva Madinaxon Qodirjon qizi - Toshkent davlat pedagogika universitetining kafedra o‘qituvchisi (Toshkent shahri)

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti ajratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring