Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuqorichirchiqda DXM yangi binosi foydalanishga topshirildi

Yuqorichirchiqda  DXM yangi binosi foydalanishga topshirildi

Yuqorichirchiq tumanida 133 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.  Mustaqillikning 28 yilligi arafasida tuman davlat xizmatlari markazi yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Markazga keluvchi fuqarolarga ikkita xonada xizmat ko‘rsatiladi. Xonalarning shinam va ozoda bo‘lishi uchun alohida e’tibor qaratilgan.Elektron navbat olish uchun infokiosk ishlab turibdi. Talonni olib kutish zalidagi shinam  o‘rindiqlarga joylashasiz. Bir necha soniyalarda navbat ro‘yxatini namoyish etadigan 5ta monitorda sizni qaysi qabul oynasida kutayotganligidan xabardor bo‘lasiz.

Markazda 100 turdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan. Qolaversa, farzandi bilan kelgan fuqarolarga ona va bola xonasi, tibbiy ko‘makka muhtoj odamlar uchun tibbiy yordam xonasi, ko‘rsatilgan barcha xizmatlar to‘lovini amalga oshirish uchun bank kassalari mavjud. Zamonaviy kafeteriya ham markazga tashrif buyuruvchilar ixtiyorida. Binoda tashkil etilgan kichik kutubxona esa, navbat kutib turgan fuqarolarning vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.

2018-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan davlat xizmatlari markaziga 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. 2019-yilning birinchi yarimida esa 100 dan ortiq xizmat turi bo‘yicha qilingan murojaatlar soni 20 mingdan oshib ketdi. Yangi markaz ishga tushishi bilan ko‘rsatiladigan xizmatlar soni va sifati yanada oshadi. Shuningdek, binoda Prezidentning Xalq qabulxonasi va tadbirkorlar uchun bosh vazir qabulxonasi ham ish boshladi. 

Tez orada  Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ham Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshiriladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring