Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yunusobodda issiqlik magistral tarmog‘ida nosozlik ro‘y berdi

Yunusobodda issiqlik magistral tarmog‘ida nosozlik ro‘y berdi

Foto:«Pravda Vostoka»

5-fevral kuni Yunusobod tumanidagi issiqlik magistral tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Natijada tumanning 2,3,4,11,13,14,17- mavzelari, Amir Temur hamda Shahriston ko‘chalarida istiqomat qiluvchi iste’molchilar uchun vaqtinchalik issiq suv va issiqlik energiyasidan uzilish kuzatildi.

Ko‘rsatilgan manzillarda muammoni bartaraf etish yuzasidan maxsus texnika va mutaxassislar tomonidan ish olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring