Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yunusobod tumanida gaz xodimining qing‘irligi fosh etildi

Yunusobod tumanida gaz xodimining qing‘irligi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan «Hududgaz poytaxt» gaz ta’minoti filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Yunusobod tumangaz» bo‘limi xodimi R.T. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro A.ning yashash xonadoniga yangi gaz hisoblagich uskunasini o‘rnatib berish hamda foydalanilgan tabiiy gaz uchun hisoblangan 1,2 mln so‘m qarzdorlikni yo‘q qilib berish evaziga 750 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring