Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tarbiyalashga qaratilgan siyosat qat’iy davom ettiriladi

Yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tarbiyalashga qaratilgan siyosat qat’iy davom ettiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.

So‘nggi yillarda yoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Xabaringiz bor, yaqinda taniqli siyosatchi, Parlamentlararo Ittifoqning Bosh kotibi Martin Chungong boshliq rasmiy delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Suhbat chog‘ida u kishi bir fikrni afsus bilan ta’kidladi. Ya’ni, sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan insonlar tashkil etsa-da, butun dunyo bo‘yicha yosh deputatlarning ulushi 2,6 foizga ham yetmas ekan.

Oliy martabali mehmon O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 6 foizdan oshganini yuqori baholadi.

Siyosiy yetuk va faol yosh yigit-qizlarimizni milliy parlamentimiz va mahalliy kengashlar faoliyatiga yanada kengroq jalb etamiz.

Xalq deputatlari kengashlari tavsiyasi asosida yosh, g‘ayratli, fidoiy o‘g‘il-qizlarimiz bundan buyon Oliy Majlis deputati va senatorlariga biriktiriladi.

Shu bilan birga mahalliy kengashlarda ham xuddi Senat va Qonunchilik palatasidagi kabi yoshlar parlamenti vakillari maktabi tashkil etiladi.

Iqtidorli yoshlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlari – «Kelajak liderlari»ni shakllantiramiz.

Shu bilan birga, ko‘plab iqtidorli o‘g‘il-qizlarimiz xorijdagi nufuzli oliygohlarda o‘qimoqda, ilm-fan bilan shug‘ullanmoqda, yirik va yetakchi kompaniyalarda ish olib bormoqda.

Biz ana shunday yuksak bilim va malakaga ega yoshlarimizni Vatanimizga kelib ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz.

Ularni rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida belgilash, uy-joy ajratish, munosib maosh to‘lash bo‘yicha yangi tizimni joriy etamiz.

Yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tarbiyalashga qaratilgan siyosatimizni qat’iy davom ettiramiz.

Buning uchun, viloyat, tuman va shahar Kengashlari har yili hokim, vazir, idora va bank rahbarligiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasini tasdiqlaydilar.

Joriy yildan boshlab bunday iqtidorli yoshlarimiz «El-yurt umidi» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chet ellarda stajirovka o‘taydi.

Shuningdek, xalqaro nufuzli reytinglarda minǵtalikka kirgan oliygohni tuggatgan va chet elda ilmiy ish qilgan yosh mutaxassislarga qo‘shimcha haq to‘lanadi, dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring