Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yil imomi – 2023» g‘oliblari e’lon qilindi

«Yil imomi – 2023» g‘oliblari e’lon qilindi

Bugun, 5 dekabr kuni masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-domlalar o‘rtasida «Yil imomi – 2023» ko‘rik tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar imom-domla bellashdi.

Ishtirokchilar Qur’oni karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob berdilar. Shuningdek, mehnat faoliyatlari davomida amalga oshirgan ishlari va ijodlarini namoyish etdilar. Qatnashchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan mezonlar asosida baholangan.

Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarga munosib topildi:

1-o‘rin – Toshkent shahridagi  «Xolid ibn Valid» jome masjidi  imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljonovga I darajali diplom va Haj safari yo‘llanmasi;

2-o‘rin – Andijon viloyatidagi «Mirzaxoliq ota» jome masjidi imom-xatibi Muhammadiyxon domla Hojiyevga II darajali diplom va 15 mln. so‘m pul mukofoti;

3-o‘rin – Samarqand viloyatidagi «Shayx Xudoydod Vali» jome masjidi imom-xatibi Anvar domla Ahmedovga III darajali diplom va 12 mln. so‘m pul mukofoti topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring