Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslarni «propiska»dan chiqarish osonlashdi

Yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslarni «propiska»dan chiqarish osonlashdi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab bir qator tartib va talablar bekor qilinyapti.

Unga ko‘ra, mulkdor bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmagan shaxslarni (tanishlar, uzoq qarindoshlar) ushbu turar joydan doimiy ro‘yxatdan – «propiska»dan chiqarish uchun ularning roziligini olish talab etilmaydi.

Tegishli organlar ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 2,5 yilda fuqarolik sudlariga shaxsni turar joydan ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha 8 954 ta da’vo arizalari kiritilgan, shundan 7 311 tasi (82 foizi) qanoatlantirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring