Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi yilda kim ko‘p dam oladi: O‘zbekiston va qo‘shnilar

Yangi yilda kim ko‘p dam oladi: O‘zbekiston va qo‘shnilar

Foto: «YouTube»

«News.tj» yozishicha, Tojikiston aholisi bu safargi Yangi yil bayramida faqat bir kun — 1-yanvar kuni dam oladi. «Bayram kunlari to‘g‘risida»gi mamlakat qonunida faqat shu kuni ishga bormaslikka ruxsat etilgan.

O‘tgan yili 31-dekabr yakshanbaga to‘g‘ri kelgani uchun tojikistonliklar 1 va 2-yanvar kunlari ham — jami uch kun dam olishgan ekan.

Markaziy Osiyoda Yangi yil ta’tili eng uzoq vaqt davom etadigan mamlakat — O‘zbekiston. O‘zbekistonliklar 2018-yilning 30-dekabri — 2019-yilning 3-yanvari oralig‘ida dam olishadi — besh kun. Qo‘shimcha dam olganlik uchun esa 2018-yilning 29-dekabr (shanba) va 2019-yilning 5-yanvar (shanba) kunlari ishlab beriladi.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston aholisi Yangi yilda ketma-ket to‘rt kun dam oladi. Bu yil 29-dekabrdagi (shanba) dam olish 31-dekabrga (dushanba) ko‘chiriladi. Qozog‘istonliklar 30-dekabrdan to 2019-yilning 2-yanvar kunigacha dam olib, 3-yanvardan ishga chiqishadi.

Turkmanistonliklar ham tojikistonliklar singari 2019-yilda hammadan avval ishga chiqishadi, chunki olish kuni atigi bir kun — 1-yanvar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring