Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilasizmi?

Yagona interaktiv  davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilasizmi?

Bugungi kunda, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 130 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Biroq, hozirda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qator muammolar bo‘lib, ulardan eng asosiylaridan biri bu – onlayn xizmatlarning ommalashmaganligi va fuqarolarning internet orqali xizmatlardan onlayn tartibda foydalanishga ishonchi yo‘qligidadir.

Masalan, 2019 yilda ko‘rsatilgan jami 13 millionga yaqin xizmatlardan bor yo‘g‘i 500 ming tasi (5.21 foizi) onlayn tartibda ko‘rsatilganligi ham bu boradagi muammolarning mavjudligini ko‘rsatadi. 

Onlayn tartibdagi murojaatlar sonining pastligini quyidagi omillar bilan ham bog‘lash mumkin:

-fuqarolarda onlayn xizmatlardan foydalanish ko‘nikmalarining yetarli darajada shakllanmaganligi;

- chekka va olis hududlarda infratuzilmaning lozim darajada rivojlanmaganligi;

- YaIDXPdan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan mobil ilovaning mavjud emasligi;

- mobil identifikatsiyalash tizimining mavjud emasligi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 yanvardagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5930-son Farmoniga muvofiq 2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida 10 turdagi davlat xizmatlari faqat YaIDXP orqali yoki vakolatli davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatilishi belgilandi.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash hamda aholining davlat xizmatlaridan on-layn tartibda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga yanada qulayliklar yaratish maqsdadida Davlat xizmatlari markazlari binolarida fuqarolar uchuno‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish zonalari tashkil etilib, Markaz xodimlari tomonidan tashrif buyuruvchi fuqarolarga davlat xizmatlaridan on-layn tartibda foydalanishimkoniyatlari ko‘rsatilib, ularning davlat xizmatlari sohasidagi bilim va ko‘nikmalari oshirib borilmoqda.

Davlat xizmatlaridan onlayn tartibda foydalanishning murojaatchilar uchun quyidagi afzalliklari mavjud:

- davlat xizmatlaridan onlayn (24 soat) vaqt rejimida foydalanish;

- davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar DXM orqali yoki bevosita xizmat ko‘rsatuvchi organlarga murojaat etganda to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi;

- fuqarorlarning ortiqcha vaqti va naqdini sarflab davlat organlarida sarson bo‘lmaslik va boshqalar.

Shunga ko‘ra, mazur sohani rivojlantirish uchun yuqorida qayd etilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli va izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.

Ma’lumot tariqasida ma’lum filinadiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi PF-5278-sonli Farmoniga muvofiq Davlat xizmatlari agentligi jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va shunga ko‘ra Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, vakolatli organlarning veb-sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborilgan barcha murojaatlarni bevosita nazorat qilib boradi.

Nazorat tadbirlari va monitoring natijalarida aniqlangan muddat buzilishi, asossiz rad etilishi, ortiqcha hujjat talab etilishi va boshqa qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha tegishli ta’sir choralari qo‘llanilib, aybdor shaxslarning hatti-harakatlari yuzasidan taqdimnomalar kiritilishi bilan bir vaqtda, ma’muriy jarima jazo choralari ham qo‘llanilib kelinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring