Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda uyi buzilgan aholi hokimlikka qarshi chiqqani aytilmoqda (foto)

Xorazmda uyi buzilgan aholi hokimlikka qarshi chiqqani aytilmoqda (foto)

Ijtimoiy tarmoqlarda kecha, 26-iyul kuni kechki mahal Xorazm viloyati Urganch shahrida kompensatsiya berilmasdan uyi buzilgan aholi hokimlikka qarshi chiqishgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Guvohlarning saytimizga ma’lum qilishicha, norozilik bildirib 1500 ga yaqin odam chiqqan. Ular Urganch shahrining Xonqa tumaniga chegaradosh joydagi Urganch—Xonqa magistralida joylashgan katta ko‘prikni ikki soatga ëpib qo‘yishgan.

Urganch shahar hokimi aholiga kompensatsiya berilishini ma’lum qilgan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, vaziyatni hukumat vakillari nazoratga olishgan.

«Urganch shahridagi Ashxobod ko‘chasidagi uylarning buzilishi oqibatida ko‘chada qolgan aholi kecha «Urganch—Honqa» yo‘lini to‘sish orqali o‘z ahvoliga e’tibor qaratishga majbur bo‘lgan edi. O‘zlariga vaqtincha yashash uchun uy o‘rniga berilgan palatkalarni tinchlik norizolik namoyishchilari buzib tashlashdi», deb yozmoqda Feysbukdagi sahifasida jurnalist Davlat Nazar.

Foto: Feysbuk/Davlat Nazar
Foto: Feysbuk/Davlat Nazar

Jurnalist voqea joyidan fotolar ham joylagan.

«Xabar.uz» vaziyatga aniqlik kiritish uchun surishtiruv o‘tkazmoqda.

So‘nggi kunlarda respublikaning turli burchaklarida qurilish va buzilishlar bilan bog‘liq noxush hodisalar sodir bo‘lmoqda.

Bir guruh deputatlar ushbu holatlar yuzasidan izoh so‘rab, hukumatga murojaat ham qilishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring