Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltinko‘l va Uchqo‘rg‘on tumanlariga yangi hokim tayinlandi

Oltinko‘l va Uchqo‘rg‘on tumanlariga yangi hokim tayinlandi

Shu kunga qadar Andijon viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Otavulloxon Rasulov Oltinko‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Navangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga Muhammad Haydarov tayinlandi.

Bunga qadar u Namangan tumanidagi «Olaxama»  MFYda hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.  

Muhammad Haydarov tumanga shu kunga qadar rahbarlik qilib kelgan Jahongir Rizzayevni almashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring