Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xabar.uz muxbiri nufuzli «Oltin qalam» milliy mukofotini qo‘lga kiritdi

Xabar.uz muxbiri nufuzli «Oltin qalam» milliy mukofotini qo‘lga kiritdi

Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi «Turkiston» san’at saroyida 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab ta’sis etilgan jurnalistika sohasidagi «Oltin qalam» Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tmoqda.

Bu yilgi tanlovga 435 ta jurnalist o‘zining 5 000 ga yaqin jurnalistik materiallari bilan ishtirok etishgan.

E’tiborlisi, ushbu nufuzli tanlovning «Eng yaxshi jurnalistik material uchun» (internet-jurnalistika) xabar.uz muxbiri Anvar Namozov sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi! Anvar Nomozovning tahliliy maqolalari bilan ushbu sahifada tanishish mumkin.

Tanlov tafsilotlari saytimizda e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring