Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vodiydagi elektr uzilishlariga rasmiy izoh berildi

Vodiydagi elektr uzilishlariga rasmiy izoh berildi

Vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Energetika vazirligining matbuot xizmati yozishicha, shu kunlarda havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida magistral gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda.

Buning oqibatida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasiga belgilangan hajmlardan kam miqdorda tabiiy gaz yetib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mazkur stansiya tomonidan elektr energiya ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib kelmoqda.

Energetika tizimining barqaror ishlarishini ta’minlash va tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan katta avariyalar hamda uzilishlarning oldini olish maqsadida vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur bo‘linmoqda.

Hozirgi paytda mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz, deyiladi Energetika vazirligi izohida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring