Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vengriya aviakompaniyasi Toshkentdan Abu-Dabiga reyslar yo‘lga qo‘yadi

Vengriya aviakompaniyasi Toshkentdan Abu-Dabiga reyslar yo‘lga qo‘yadi

Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi Abu-Dabi va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi.

Birinchi rejalashtirilgan yo‘lovchi reysi 2023-yil 25-yanvarga belgilangan. Parvozlar Airbus A320 va A321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Wizz Air — Vengriyaning arzon aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Vengriya poytaxti Budapeshtda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 13-dekabr kunidan boshlab Wizz Air Samarqand aeroportiga haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring