Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Vatanparvarlar bog‘i»da Amir Temur yurishlari sahnalari bunyod etiladi

«Vatanparvarlar bog‘i»da Amir Temur yurishlari sahnalari bunyod etiladi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qarshi shahrida joylashgan «Vatanparvarlar bog‘i»da Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, viloyat Yoshlar ittifoqi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Unda mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar, viloyat faollari va mahalliy aholi vakillari ham qatnashib, bog‘ hududida kelgusida bajarilishi ko‘zda tutilgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

«Bog‘dagi muzeyni boyitish uchun maxsus ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, ular Janubiy Koreyaning yetakchi va boy tajribaga ega bo‘lgan muzeylaridan tajriba olib keldi. Eng so‘nggi innovatsion texnologiyalar asosida bog‘ va muzey zamonaviy ko‘rinish kasb etadi. Kelgusida Amir Temur g‘ori maketini ham yasash niyatimiz bor. Bu borada ham ishga kirishilgan. Shuningdek, Amir Temur va Ilyosxo‘ja o‘rtasida bo‘lib o‘tgan «Loy jangi» sahnasi ham bog‘da aks ettiriladi», — deydi Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qariyb 7 gektar hududni egallagan «Vatanparvarlar bog‘i»da 2018—2019 yillarda 29,3 milliard so‘mlik rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish mo‘ljallangan.

«Vatanparvarlar bog‘i»ning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning «Yo‘l xaritasi»ga muvofiq joriy yilning mart oyiga qadar bog‘ hududiga bepul «Wi-Fi» o‘rnatilishi hamda kutubxonalar bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring