Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UZDIGITAL TV»ga yangi bosh direktor tayinlandi

«UZDIGITAL TV»ga yangi bosh direktor tayinlandi

«UZDIGITAL TV» MChJ bosh direktori lavozimiga Karimov Farhod Abdujabborovich tayinlandi.

Farhod Abdujabborovich shu kunga qadar «O‘zbekiston MTRK Mediamarkazi» Davlat muassasasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Qayd etilishicha, u 2015-2018 yillarda ham «UZDIGITAL TV» MChJ rahbari bo‘lgan.

1977 yili Toshkent shahrida tavallud topgan Farhod Karimov Toshkent elektrotexnika aloqa instituti, O‘zR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring