Uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi
17-noyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani Yuqori Soybo‘yi MFY hududida yashovchi Q.K. yashash xonadonida 3 nafar shaxslarga qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ulardan 32 dona o‘yin kartasi va 870000 so‘m miqdoridagi pullar daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Q.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)da ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter