Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uchquduqda Davlat xizmatlari markazining yangi binosi ochildi (foto)

Uchquduqda Davlat xizmatlari markazining yangi binosi ochildi (foto)

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Uchquduqda Davlat xizmatlari markazining yangi binosi ishga tushdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga DXA Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

To‘qqiz oy avval bu yerlar taqir tuproq edi. Quruvchilar bor bo‘lishsin, cho‘l bag‘rida bir mo‘’jiza yaratishdi.

Abdulla Kerimbayev, uchquduqlik nuroniy

Mahalliy budjet hisobidan qurilgan zamonaviy ob’yekt karnay-surnay sadolari ostida xalq ixtiyoriga topshirildi.

Markaz binosi noa’anaviy arxitektura va milliy me’moriy yechim bilan uyg‘unlashgan. Xalq kiradigan joy shinam va obod bo‘lishi uchun alohida e’tibor qaratilgan. Resepshnda hamisha ochiq chehradagi markaz xodimi fuqarolarni tizim faoliyati bilan tanishtirib, yo‘naltiradi. Elektron navbat, kutish zali, bolalar maydonchasi, internetdan foydalanish uchun bepul Wi-Fi tashkil etilgan. Markaz bir vaqtning o‘zida 11 ta qabul oynasida murojaatchilarga xizmat ko‘rsata oladi. Bejirim va betakror dizaynda zamonaviy jihozlangan zalda 5 ta monitorda 100 dan ortiq  davlat xizmati turlari yuzasidan ma’lumotlar markazga keluvchi fuqarolar uchun taqdim etilgan.

«Uchquduq tumani davlat xizmatlari markazi yil boshidan shu kunga qadar aholiga 8500 ta davlat xizmatini ko‘rsatdi. Aholisi 40 ming kishilik Uchquduq uchun avvalgi bino kichik, fuqarolar xizmat olishi uchun torlik qilardi. Yashirmaymiz, juda noqulay edi. Mana endi xalq kirsa kirgulik, milliy va zamonaviy dizayndagi arxitektura, keng va yorug‘ xizmat olish zali, xizmat oynalari bari bari ko‘ngildagidek... Bunday sharoitda ishlash xodimlar uchun ham, markaz xizmatidan foydalanishga kirgan odamlar uchun o‘zgacha kayfiyat ulashadi, — deydi markaz direktori Umar Xudoyqulov.

Markaz binosida tuman FHDYo, tadbirkorlar uchun bosh vazir qabulxonasi ham ish boshladi.

Uchquduq — Navoiy viloyatdagi Davlat xizmatlari markazi o‘z faoliyatini yangi binoda boshlagan to‘rtinchi markaz. Yana Navbahor va Xatirchi tumanlarida ham markazlarning yangi binolari ish boshlash arafasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring