Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ba’zi joylarida gaz o‘chadi

Toshkentning ba’zi joylarida gaz o‘chadi

Foto: «Xabar.uz»

Ta’mirlash ishlari sababli Yunusobod va Olmazor tumanlarining ba’zi hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Hamkarobod ko‘chasi hududidagi yer usti o‘rta bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli bugun, 23 mart kuni soat 11:00dan 17:30ga qadar Tiklanish MFY, Hamkarobod ko‘chasidagi 400 ta yerli xonadon va 34 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.     

Shuningdek, Olmazor tumani, Qizg‘aldoq va Bunyodkor MFY hududidagi gaz quvuriga hisoblagich o‘rnatilishi sababli soat 11:00dan 17:30ga qadar quyidagi iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.     

Aholi iste’molchilar:

  • Qizg‘aldoq 165 ta xonadon,
  • Bunyodkor 135 ta xonadon.

Ulgurji iste’molchilar:

  • Market 3 ta.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring