Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Foto:«Delfi»

Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlaridagi gaz quvurlarida ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim aholi hududlari, ijtimoiy va maishiy-kommunal ob’yektlarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, 30-aprel kuni soat 11:00dan 19:00gacha Shayxontohur tumanining Tarona ko‘chasida, Mirzo Ulug‘bek tumanining «Beshkapa» mahallasida, 1-may kuni esa soat 11:00dan 19:00gacha Uchtepa tumanining 24-mavzesida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring